Hadis SaytiniDastaklang!

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh. Hadis sayti — bu musulmonlar uchun qimmatli manba bo'lib, Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning hadislarini o'rganishga yordam beradi. Saytimizni davom ettirish va rivojlantirish uchun sizning qo'llab-quvvatlashingiz biz uchun juda muhimdir.

Saytimizning Asosiy Maqsadi

Saytimizning asosiy maqsadi — hadislarni izlash va topishni osonlashtirishdir. Musulmonlar uchun hayotda turli masalalar yuzaga kelganda yoki amali shariatga muvofiq kelishini tekshirganda, ishonchli hadislarga murojat qilishi muhimdir. Saytimiz:

Hadis qidiruv tizimi orqali foydalanuvchilarga kerakli hadisni tez va oson topish imkonini beradi.
Har bir hadisning sahihligi va manbasini tekshirish imkoniyatini taqdim etadi.
Amallarni dalil asosida qilish yoki to'g'ri yo'l-yo'riq olish uchun dalillar topishga yordam beradi.

Saytni Nega Qo'llab-quvvatlash Kerak?

Hadislar ilm manbai bo'lib, musulmonlar hayotida muhim o'rin tutadi. Saytimiz o'quvchilarimizga ishonchli manbalar orqali hadislarni o'rganish imkonini beradi. Sizning xayriya va yordamlaringiz saytimizni yangilab borish, texnik xizmat ko'rsatish va yangi bilimlarni taqdim etishga yordam beradi.

Qanday Qilib Qo'llab-quvvatlash Mumkin?

Siz quyidagi usullar orqali saytimizga yordam berishingiz mumkin:

Moliyaviy Dastak:
Sayt faoliyatini qo'llab-quvvatlash uchun moliyaviy xayriya qiling.
Texnik Yordam:
Dizayn, dasturlash, mobil ilovasini yasash yoki texnik xizmat ko'rsatishda yordam berishingiz mumkin.
Ilmiy Yordam:
Hadislarni tarjima qilish, ma'lumotlarni kiritish, tasniflash va tekshirish jarayonlarida yordam bering.

;

Dastak Manzili Quyida

Ton tarmog'i uchun

UQDoT_ee9ewnvFMqkXkMNqS_kNdb9pq6weCITG1lIkMiN6by

وَمَثَلُ ٱلَّذِينَ يُنفِقُونَ أَمۡوَٰلَهُمُ ٱبۡتِغَآءَ مَرۡضَاتِ ٱللَّهِ وَتَثۡبِيتًا مِّنۡ أَنفُسِهِمۡ كَمَثَلِ جَنَّةٍۢ بِرَبۡوَةٍ أَصَابَهَا وَابِلٌ فَئَاتَتۡ أُكُلَهَا ضِعۡفَيۡنِ فَإِن لَّمۡ يُصِبۡهَا وَابِلٌ فَطَلٌّ وَٱللَّهُ بِمَا تَعۡمَلُونَ بَصِيرٌ

Mollarini Allohning rizoligini istab va dillarida mustahkam ishonch bilan sarf qiladigan zotlarning misoli xuddi adirlikdagi sharros quygan yomg'ir tekkach, hosilni ikki barobar qilgan bog'ga o'xshaydi. Endi agar unga sharros quygan yomg'ir tegmasa ham, mayin yomg'ir ham kifoya qiladi. Alloh qilayotgan amallaringizni ko'rib turuvchidir.

Baqara surasi 265-oyat

Taqobbalallohu minna va minkum!