Assalomu alaykum, ZIS Hadis sahifasiga xush kelibsiz!

«ZIS Hadis» nomi sahoba Zayd ibn Sobit rodziyallohu anhu ismining qisqartmasi bo'lib, u hadis ilmida juda muhim shaxs hisoblanadi. Zayd ibn Sobit nafaqat musulmonlarning o'qish va yozish bilimlarini tarqatishda, balki vahiyni yozishda ham ishtirok etgan. U Muhammad (s.a.v)ning eng yaqin sahobalaridan vahiy kotiblaridan biri bo'lib, hadislar va islomiy bilimlarning tarqatilishida muhim rol o'ynagan. Zayd ibn Sobitning ismi ilmiy manbalar va hadislar orqali musulmonlarga yordam berish maqsadida saytimizda o'z aksini topgan.

Hadis saytimiz musulmonlar uchun ilmiy manba sifatida xizmat qiladi. Jamoamiz ilmiy va diniy bilimlarni tarqatishga, hadislar ilmiga bo'lgan muhabbatni uyg'otishga harakat qilmoqda. Biz foydalanuvchilarimizga hadislarni qidirish imkoniyatini taqdim etamiz. Saytimizda o'zbek tilida, kiril alifbosida hadislar, shuningdek ingliz va arab tilidagi versiyalari ham mavjud. Foydalanuvchilarimiz hadislar yordamida savollariga javoblar topishlari mumkin.

Saytimizda foydalanuvchilar fikrlarini qoldirishlari uchun fikrlar bo'limi mavjud. Sizning fikrlaringiz bizga veb-saytni takomillashtirishda yordam beradi. Hozirda biz hadislarni kun sayin qo'shish jarayonidamiz, shuning uchun foydalanuvchilarimiz ko'proq hadislar bilan tanishishlari mumkin. Ayrim brauzerlarda arab hadislarini tinglash uchun ovoz tugmasini bosish orqali imkoniyat mavjud, ammo ba'zi brauzerlar ushbu funksiyani qo'llab-quvvatlamasligi mumkin. Bizni kuzatishda davom eting.